HARD QUANTUM MCHJ — IT Company Uzbekistan | IT xizmatlar Toshkent
HARD QUANTUM MCHJ — buyurtma asosida dasturiy ta'minot ishlab chiqadigan muhandislik jamoasi. Biz talablarni tahlil qilishdan boshlab arxitektura, ishlab chiqish, integratsiya va texnik qo'llab-quvvatlashgacha to'liq siklni olib boramiz. Har bir loyiha texnik spetsifikatsiya, aniq muddat va o'lchanadigan natija bilan hujjatlashtiriladi.
Xizmatlar
Buyurtma dasturiy ta'minoti
Ichki jarayonlar uchun tizimlar: hisob-kitob, ombor, logistika, hujjat aylanishi. Talablar tahlili, arxitektura hujjati va bosqichma-bosqich yetkazib berish.
Mobil ilovalar
iOS va Android uchun bir kod bazasidan ishlaydigan ilovalar: avtorizatsiya, to'lov, oflayn rejim va push xabarnomalar bilan.
Veb platformalar
Yuqori yuklamaga tayyor portallar, marketpleyslar va mijoz kabinetlari. SEO, tezlik va kirish huquqlari boshqaruvi loyihaga kiritiladi.
ERP va CRM integratsiyasi
Mavjud tizimlarni bir-biriga bog'lash: 1C, ERP modullari, CRM, bank va soliq xizmatlari API'lari. Ma'lumot migratsiyasi jurnal bilan bajariladi.
AI va ma'lumotlar
Hujjatni avtomatik tanib olish, prognozlash modellari, ichki bilim bazasi ustida qidiruv. Modellar mijoz ma'lumotlari asosida sozlanadi.
Loyihalar
TaskUp — ish platformasi
Kunlik ish va ishchini bir-biriga ulaydigan platforma: ish beruvchi vazifani joylaydi, ishchilar murojaat qiladi, tanlov reyting, masofa va narx bo'yicha qilinadi. Tozalash, ko'chish, ta'mirlash, bog'bonlik, yetkazish, tadbir va repetitor yo'nalishlari qamrab olingan. To'lov naqd, Click yoki Payme orqali. (taskup.uz)
Siymo CRM
Reklama va poligrafiya buyurtmalarini yurituvchi CRM. Zayavka kanban ustunlari bo'ylab harakatlanadi — qabul, narx kelishuvi, dizayn tasdiqlash, ishlab chiqarish va to'lov. Analitika va hisobotlar bo'limlari menejer va dizaynerlar bo'yicha kesimlarni chiqaradi. (siymo-crm.uz)
TashMedUni Jurnal — universitet boshqaruv tizimi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti uchun HEMIS uslubida qurilgan elektron jurnal — o'qituvchilar ro'yxati, fanlar, guruhlar va tematik rejalar yagona panelda yuritiladi. HEMIS bilan avtomatik sinxronlash va rol asosida huquqlar taqsimoti mavjud. (jurnal.tashmeduni.uz)
Jamoa
- Firma direktori (Director) — shartnomalar, mijozlar bilan kelishuvlar va loyiha muddatlari.
- Texnik direktor (CTO) — arxitektura qarorlari, texnik audit va kod sifati standartlari.
- Backend muhandisi — API, ma'lumotlar bazasi va integratsiyalar.
- Full stack muhandis — veb interfeyslar, panellar va ularning server tomoni.
- Mobil ishlab chiquvchi (iOS · Android) — oflayn rejim va push xabarnomalar.
- Data muhandisi va analitik — ma'lumot oqimlari, migratsiya, hisobotlar va metrikalar.
Ko'p beriladigan savollar
Loyiha qanday boshlanadi?
Brif va bir soatlik texnik suhbatdan. Shundan so'ng ish hajmi, arxitektura variantlari va bosqichlar yozma taklifda beriladi. Taklif tasdiqlangach shartnoma va texnik spetsifikatsiya imzolanadi.
Narx qanday shakllanadi?
Ikki model bor: aniq hajmli ish uchun qat'iy narx, uzoq davom etadigan mahsulot uchun jamoa vaqti bo'yicha oylik to'lov.
Kod kimga tegishli bo'ladi?
Barcha manba kodi, hujjatlar va infratuzilma konfiguratsiyasi mijozga o'tadi.
Mavjud tizim bilan ishlaysizmi?
Ha. Ko'p loyihalar mavjud 1C, ERP yoki eski veb tizim ustiga quriladi, audit bilan boshlanadi.
Topshirgandan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?
Bor. Javob berish muddati, monitoring va yangilanishlar SLA hujjatida qayd etiladi.
Aloqa
Email: info@hardquantum.uz
Telefon: +998 93 516 60 11
Manzil: Algoritm dahasi, 1-uy, Bek to‘pi MFY, Chilonzor tumani, Toshkent 100208, O‘zbekiston
HARD QUANTUM, MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT